Maydontol tog’ xrustali koni

Maydontol tog’ xrustali koni — Toshkent piloyatidagi kon. Piskom daryosining yuqori xavzasida. Piskom tizmasida, 3000 metr balandlikda joylashgan. Chatqol antiklinoriysi yuqori paleozoy granit intruziyalarining 2 Genetik turi — pegmatitlar va gilrotermal kvars tomirlari bilan bog’liq. Konda tog’ xrustalining bir necha turi manjud: shaffof, rangeiz, tiniq kulrang (Rauxtopaz), qora (morion), tillasimon sariq (tsetrin), binafsha rang (ametist). Hozirgacha kon hududida tog’ xrustali bo’lgan bir mechta uchastka aniqlangan: Shamterak, Onao’lgan, Ayutor, Qurumtor va boshqalar. 1930-60 yillarda Maydontol tog’ xrustali konining Shamterak uchastkasida, asosan, radiotexnikada ishlatish maqsalida oz miqdorda tog’ xrustali qazib olingan. Umuman istiqbolli kon hisoblanadi.