Maydontol

Maydontol — Qozog’iston Respublikasida Toshkent viloyatidagi daryo. Talas Olatovining Jan.garbiy yon bag’ridan oqib tushali. Maydontol tizmasi bilan Talas Olatovi tutashgan joyda. 350 metr balandlikda, uncha katta bo’lmagan 2 ta ko’ldan boshlanadi. Uzunligi 50 kilometr, havzasi 471 kilometr:. Yuqori oqimida, Toroshuvsoy bilan qo’shilguncha Chingizsoy deb ataladi. Janubroqda Oygaying daryosi bilan qo’shilib. Piskom daryosini hosil qiladi. Umumiy uzunligi 140 kilometr bo’lgan 60 dan ortiq irmog’i bor (Toroshun, Qurumtor, Ayutor, Otyaylov, Qaynazarsoy va boshqalar). Bosh qismida chuqur va tog’ yon bag’irlari tik vodiydan oqadi. Muzlik va qor suvlaridan to’yinadi. O’rtacha yillik suv sarfi 16,3 m3/ sekund. Yozda suvi ko’payadi. May — sentabrda suv sarfi 25,8 m3/sekunddan 47,4 m’/sekundgacha o’zgarib turadi. Daryo vodiysidan yozla yaylov sifatida foylalanilali.