MEZOZOY ERATEMASI

MEZOZOY ERATEMASI (ERASI) (mezo… va Yun. zoe — hayot), mezozoy — FA- nerozoy eoniniyag o’rta yirik bo’linmasi va er geologik tarixining shunga muvofiq erasi. M.e. 230 mln. yil avval boshlangan, 163 mln. yil davom etgan. M.e.ni dastlab 1841 y. ingliz geologi J. Fillips ajratgan. 3 sistema (davr)ga bo’linadi: trias, yura va bo’r. M.e.da hoz. materiklar o’z shakliga ega bo’la boshla- gan va ehtimol okeanlardagi botiklar ham o’sha davrda shakllangan. Paleozoy erasi oxirida barcha qad. Platformalar dengiz sathidan ko’tarilgan va gersin burmalanishi natijasida vujudga kel- gan tog’sistemalari b-n o’ralgan. Ayrim platformalar tutashgan, quruqlik may- doni beqiyos ko’paygan. Jan. yarim sharda qad. Gondvana materigi katta maydonni egallab turgan. Mezozoy boshlanishi b-n Er po’stining materik qismlari cho’kib dengiz transgressiyasi kuchaygan. Gond- vana materigi Afrika, Jan. Amerika, Avstraliya, Antarktida materiklariga va Hindiston ya.o. massiviga ajralib ketdi. Yura davridan boshlab qad. plat- formalarning ko’p qismini dengiz bos- Di. Jan. Evropa va Jan.-G’arbiy Osiyoda chuqur bukilmalar shakllana boshladi. Shunday bukilmalar tinch okean tubi chekkalaridagi er po’stida ham sodir bo’ldi. Bunday jarayon bur davrining oxirigacha davom etdi. Sungra materi- klar ko’tarilib, dengiz sathi qisqardi. M.e.da burmalanish, tog’hosil bo’lishi va magmatizm juda kuchaydi. Trias va yura davri dengiz yotqiziklariga qora gil va gilli slaneslarning qalin qatlamlari xos. Iklimiy zonallik bur davrida hoz.ga yaqin bo’lgan. Mezozoy- da iqlim sernamligi ortgan. Mo»tadil iqlim mintaqalarida katta maydonni igna bargli o’rmonlar, paporotnik va b. egallagan. Botqokli o’rmonlarda hosil bo’lgan torfli yotqiziqlardan keyincha- lik kumir qatlamlari vujudga kelgan. Trias davrida ayrim joylarda vulkan- lar faoliyati b-n bog’liq tuf va lavaning qalin qatlamlari hosil buldi. Yura davrida kattagina maydonlarni dengiz suvi bosdi. O’simliklar orasida ochiq urug’lilar hukmron mav-qeni egalladi. Yura va bo’r davrida ulkan reptiliyalar ko’paydi. Ularning xillari ko’payib, suv va qurqlik kaltakesaklariga (dinozav- rlar va pterozavrlar) bo’lindi. Yurada mayda sut emizuvchilar va dastlabki tish- li qushlar paydo bo’ldi. Bur davrining urtalaridan yopiq urug’li o’simliklar hukmron bo’lib, hozirgacha shu mavqeini saklab kelmoqda. Nam sevuvchi o’simliklap esa kamaydi. Hasharotlar keng tarqala boshladi. Sut emizuvchilar sudraluvchilarni siqib chiqardi. M.e. oxirida dinozavrlar yo’qolib ketdi. M.e. davomida dengiz florasi va FA- unasi ham ancha o’zgaradi. Plastinkaja- brali va qorinoyoqli mollyuskalar ri- vojlandi. Boshoyoqlilardan ammonitlar va belemnitlar, ignatanlilardan dengiz kirpisi va dengiz liliyasi ko’paydi. Su- yakli baliqlar hukmron mavqeni egalla- Di. M.e. adog’ida ulkan dengiz reptili- yalari, ammonitlar, belemnitlar va b. yo’qolib ketdi. Foydali qazilmalardan M.e. yotqizikdarida qo’ng’ir ko’mir va toshko’mir, neft, cho’kindi temir rudasi, boksit, fosforit, tosh tuzi, oltin, ku- mush, mis, qo’rg’oshin, rux, qalay konlari bor.