Monyushko (Moniuszko) Stanislav

Monyushko (Moniuszko) Stanislav (1819.5.5, Minsk yaqinidagi Ubel qishlog’i — 1872.4.6, Varshava) — polyak kompozitori, dirijyor, organchi, pedagog, milliy kompozitorlik maktabi asoschi- laridan. Vilnyus (1840— 58), Varshava (1858 y.dan) opera teatrlarida dirijyor, Varshava konservatoriyasida prof. (1864 y.dan). Birinchi milliy opera («Gal- ka», 1848), mumtoz kamer vokal asarla- ri (400 dan ortiq qo’shiq, romans va b.), bir nechta vodevil va operetta, 6 messa, Rekviem, kantatalar, simfonik asarlar muallifi. Musiqa uslubi ifodaviy vo- sitalarning xalqchilligi, mavzularning kuychanligi, lirik kayfiyatga boyligi, folklor ohanglaridan keng foydalan- ganligi, sahna asarlari esa musiqiy obrazlarning yorqinligi, dramaturgic mahorati b-n ajralib turadi.