Parkent tumani

Parkent tumani — Toshkent viloyatidagi tuman. 1926 y. sent.da tashkil etilgan. Shim., Sharq va Jan.da Bo’stonliq, Ohangaron, g’arbdan yuqori Chirchiq va Jan.-g’arbdan O’rta Chirchiq tu- manlari b-n chegaradosh. Mayd. 1,08 ming km2. Aholisi 115 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Parkent), 9 qishloq fuqarolari yig’ini (Boshqizilsoy, Bo’ston, Zarkent, Nomdanak, Parkent, So’qoq, Hisarak, changi, Koraqalpoq) bor. Tuman markazi — Parkent sh. Tabiati. P.t. O’rta Tyanshanning Chatqol tizmasi g’arbiy etaklarida joy- lashgan. Hududi tog’lar b-n uralgan. Er yuzasi g’arbdan sharqqa balandlashib boradi. Eng baland joyi -3627,8 m (Qizilnura cho’qqisi). Relefi tog’oldi tekisligi, adir va tog’lardan iborat. Iqlimi tog’oldi va tog’iqlimiga xos, nisbatan kontinental. Tekisliklar- da tipik bo’z tuproq, adirlarda to’q bo’z tuproq, tog’zonasida esa tog’-o’rmon tuproqlari tarqalgan. Tog’yon bag’irlarida gorlar mavjud. Soy va buloq ko’p. Havoning yillik o’rtacha t-rasi 12°. Yillik yog’in 536 mm. Vegetasiya davri 180 kun. Chirchiq da- ryosining chap irmoklari: Parkentsoy, Boshqizilsoy va Oqsoqotasoy P.t.ning asosiy suv manbalari xisoblanadi. Ularning boshlanish joyida sharshara- lar mavjud. Tuman hududida 70 oilaga mansub 1000 dan ziyod o’simlik turi qayd etil- gan. Shundan 200 ga yaqini dorivor o’simliklar. Adirlarda efemer va EFE- meroidlar hamda ko’p yillik o’simliklar tarqalgan. Ayniqsa, dukkakdoshlar, lab- gul-doshlar, murakkabguldoshlar oilasi- ga mansub o’simlik turi ko’p. Tog’etakla- rini o’tloklar, yon bag’irlarini archazor- lar qoplagan. Ba’zi joylarda yongokzor- lar, tog pistasi, na’matak, olcha, olma, zirk, do’lana va b. o’simliklar uchraydi. Daryolarning yuqori oqimi vodiylari- da terak, tol, kamxastak, jingil, olcha kabi daraxtlar usadi. 2400 m baland- likdan yuqorida joylashgan tog’cho’lida O’zbekistonning «qizil kitoboiga ki- ritilgan Grey va Kaufman lolalari, sovunildiz, Piskom piyozi uchraydi. Yov- voyi xdyvonlardan 200 turga yaqin qush, 33 tur sut emizuvchi, 11 tur sudra-luvchi, 4 tur baliq yashaydi. Parrandalardan chumchuqsimonlar va yirtqich qushlar gu- ruxlari mavjud. Ulardan quzg’un, pakana burgut, qora kalxat O’zbekiston «qizil kitob»iga kiritilgan. Sut Emi-zuv- chilardan bo’rsiq, cho’l mushugi, suvsar, oqsichqon, latcha, bo’ri, qobon, al-qor, bug’ular uchraydi. Kemiruvchilardan Jay- ra, sug’ur, yumronqoziq, o’rmon olmaxoni, quyon va b. bor. P.t. hududida O’zbekiston Respu- blikasi faga qa-rashli «Quyosh» maj- muasi, Materialshunoslik in-ti, Seys- mologiya in-tining magnitionosfera rasadxona-si, «Koinot» il-miy i. ch. bir- lashma-sining «Nevich» eksperimental ba-zasi, So’qoq Gidromeliorativ styasi, tog’-o’rmon xo’-jaligi, Chatqol biosfera qo’rikxonasi joylashgan. P.t. o’zining dam olish maskanlari b-n mashhur. Bu erda «So’qoq», «Kumushkon», «Sumcha», «Qi-zilsoy» kabi mavsumiy va doimiy dam olish uylari, 10 dan ziyod bolalar yozgi oromgoxlari va bir qancha korxona- lar chorbog’lari mavjud. Dam olish uyla- ri yil davomida viloyatlar va xorijdan kelgan 10 mingdan ortiq kishiga xizmat ko’rsatadi. Aholisi, asosan, o’zbeklar (79,3%), shuningdek, tojik (13,8%), qozoq (4,5%), qirg’iz (2%) va b. millat vakillari (0,4%) ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2ga 106 kishi. Shaharliklar 45,5 ming kishi, qishloq aholisi 69,5 ming kishi (2003). Xo’jaligi. Q.x. tuman i. ch.ning etak- chi sohasi hisoblanadi; asosan, uzumchi- likka ixtisoslashgan. P. t.da 11 shirkat xo’jaligi, 530 dan ziyod dehqon-fermer xo’jaliklari, qariyb 5600 yakka xo’jalik bor. Tumandagi foydalaniladigan 61640 ga erdan 15,4 ming ga er haydaladi, 14,7 ming ga er sug’oriladi. 46972 ga lalmikor er mavjud. 8934 ga erga don, 1162 ga erga sabzavot va poliz, 266 ga erga kartoshka, 3026 ga erga em-xashak ekinlari ekiladi. Tuman jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida 30610 qoramol, 67882 qo’y va echki, 2376 ot, parranda boqiladi (2003). Tumanda Toshkent to’qimachilik k-tining Parkent sho»ba korxonasi, g’isht z-Di, tikuvchilik f-kasi, Parkent va shampan vino z-dlari, «Bonu-gol- ding» agrofirmasi, «Zarkent» qo’shma korxonasi, limonad tsexi, meva konserva- lash «ber-ARD» xususiy korxonasi fao- liyat ko’rsatadi. Beshta korxonada eksport uchun mahsulot chiqariladi. Xo’jaliklar tarkibida sutni qay-ta ishlash z-Di, 4 vino punkti, 4 kon-serva tsexi ishlab tu- ribdi. Tumanda transport qatnovi yaxshi yo’lga qo’yilgan. Avtobus-taksimotor sa- royi, 2 avtokorxona, MTP, yo’l qurilish va suv xo’jaligi boshqarmasi va b. tash- kilot va korxonalar bor. Shuningdek, 4 savdo va tayyorlov korxonalari, non z-Di, supermarket, o’nlab xususiy savdo firmalari, 172 savdo do’koni, 50 dan ziyod xususiy novvoyxona, 392 maishiy xizmat qo’rsatish shoxobchalari mav- jud. P. t.da xalq hunarmandchiligi ham rivojlanmoqda. Tumanda 44 maktab, lisey, kasb- hunar, musiqa, sport maktablari ishlab turibdi. Ularda 1880 dan ziyod pedagog va tarbiyachi 29,7 mingga yaqin o’quvchi va tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya be- radi. P. t.da madaniyat uyi, 25 klub, 34 kutubxona faoliyat ko’rsatadi. 4 kasalxo- na (345 o’rin), 2 poliklinika (985 o’rin), tibbiy punktlar, stadion, 56 sport may- donchasi va sport zallari mavjud. 1982 y.dan «Parkent tongi» tuman gaz. chiqadi (adadi 3000 dan ziyod). Mahmud Toirov.