«Paxtabank»

«Paxtabank» — O’zbekistondagi Yi-rik aktsiyadorlik-tijorat banki. 1995 y. 27 iyulda «O’zdeqqonsanoatbank» negizida tashkil etilgan. Boshkaru- VI Toshkent sh.da. Bank ta’sischilari: «O’zqishloq-xo’jalikkimyo» davlat-aktsi- yadorlik kom-paniyasi, «O’zagrosug’urta» davlat-aktsiyadorlik sug’urta kompaniya- si. «P.»keng tarmokli universal ban- klardan biri hisoblanib, 13 ta viloyat boshqarmasi, 183 ta tuman bo’limlari va 162 ta mini-banklardan iborat. Bank respublika q.x. korxonalariga turli xizmatlar ko’rsa-tadi. Davlatning mo- liyaviy agenti si-fatida xo’jaliklarda etishtiriladigan paxta, g’alla, sholi mahsulotlari uchun bo’nak mablag’lari be- radi, fermer xo’jaliklarini kreditlar b-n ta’minlaydi. Shuningdek, bank q.x. korxonalarini texnika b-n ta’minlash- ni davlat tomo-nidan rag’batlantirish fondining moliyaviy agenti vazifasini bajaradi. «P.»»Paxta-invest» boshqaruvchi kompaniyasi va «paxta-servis» depozi- tariysi sho»ba korxonalariga ega. Bank 1993 y.dan buen Turkiyaning «ziroat- banki» b-n birga O’zbekistondagi birin- chi O’zbekiston-Turkiya «O’Tbank»ning muassisi. «P.»Osiyo-tinch okeani q.x.ni kreditlash uyushmasi (APRAKA) hamda Xalqaro qishloq xo’jaligi kre-diti kon- ferentsiyasi (KIKA)ning teng huquqli a’zosi hisoblanadi. Bank tomonidan berilgan jami kre- ditlar mikdori 91 mlrd. so’mni tash- kil etdi; 84 mingdan ziyod yuridik va 148 ming jismoniy shaxslarga xizmat ko’rsatadi (2003). Ustav kapitali 12,5 mlrd. so’m, jamlanma kapitali 35 mlrd. so’m, valyuta balansi 197 mlrd. so’m (2003 y. 1 yanv.). Qobiljon Toshmatov.