«Po’latxon» qo’zg’oloni

«Po’latxon» qo’zg’oloni – Qo’qon xonligisa xon va uning amaldorlari zulmiga va chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi ko’tarilgan xalq qo’zg’oloni (1873-76). Rahbari — Ishoq Hasan o’g’li (1844 — Marg’ilon — 1876). Ishoq Hasan Qo’qondagi Tunqator madrasasida o’qigan. Andijondagi masjidda imomlik qilgan, savdogarlik bilan ham shug’ullangan. Toshkentga kelib, Abdulmo’min otaliq bilan tanishgach, shu yerda vaqtincha yashab qoladi. 1872 yil Sher Dodho boshliq bir guruh qo’qonliklar Samarqandda istiqomat qilayotgan Po’latbekni (Olimxonnnng nevarasi) Qo’qonga taklif qilib, uni xon qilib ko’tarishga va’da qilishadi. Lekin, Po’latbek bu taklifni rad etadi. Shundan so’ng qo’qonliklar Toshkentga kelib, Abdulmo’min otaliq bilan uchrashganlar. Ularning iltimosiga ko’ra, Ishoq Hasan «Po’latxon» nomi bilan qo’zg’olonga boshchilik qilishga rozi bo’lgan va Namanganga kelib qo’zg’olonga rahbarlik qila boshlagan. Uning tomoniga yirik boy va harbiylar, hagto Xudoyorxonntt o’g’li va boshqa qarindoshlari ham o’tgan. 1875 yil 22 iyulda Xudoyorxon Toshkentga qochishga majbur bo’ladi. Xon taxtiga «Po’latxon» va Xudoyorxonning katta o’g’li Nasriddinbeklar asosiy da’vogarlar edi. 1873 yilda qirg’izlar «Po’latxon»ni Qo’qon xoni deb e’lon qilgan edilar. Ammo, Xudoyorxon Toshkentga qochgandan keyin Abdurahmon oftobachi Nasriddinbekni xon deb e’lon qilib taxtga o’tqizgan. Shu sababli «Po’latxon» Abdurahmon oftobachi va Nasriddinxonlarga qarshi kurashni boshlab yuboradi. Oqibatda, Qo’qon xonligida ikki hokimiyatchilik paydo bo’ladi. Buning oldini olib, kuchlarni birlashtirish maqsadida Abdurahmon oftobachi 1875 yil 7 avgustda Chor Rossiyasi mustamlakachilariga qarshi g’azavot e’lon qiladi va xalq ozodlik harakatini boshlab yuboradi. «Po’latxon» bu harakatni qo’llab quvvatlaydi, ammo qo’shinini jangga olib kirmaydi. 1875 yil 23 avgustda maxram qal’asi ostonasida ruslar bilan Abdurahmon oftobachining qo’shini o’rtasida qattiq jang bo’ladi. Qo’qonliklar mag’lubiyatga uchraydi. K. P. Kaufman qo’zg’olonchilarni birin-ketin tor-mor etib, Qo’qon, Marg’ilon va ush ritrini jangsiz bosib olgan. 1875 yil 22 sentabrda Kaufman Marg’ilon shahriga Nasriddinxonni taklif qilib, aholi uchun juda og’ir bo’lgan shartnomaga imzo chektiradi. Natijada, aholi Nasriddinxonga qarshi qo’zg’olon ko’taradi. Nasriddinxon Toshkentga qochishga majbur bo’ladi. «Po’latxon» rasman Qo’qon xoni deb e’lon qilinadi. Abdurahmon oftobachi ham uni tan oladi. «Po’latxon» bilan yarashib harbiy kuchlarini birlashtiradi. Rus askarlari bilan bo’lgan janglarda kuchlar teng bo’lmagani natijasida «Po’latxon» mag’lubiyatga uchraydi. 1876 yil 1 martda Marg’ilon shahrida dorga osib o’ldiriladi. Ad.: Bobobekov H. N., Po’latxon qo’zg’oloni, T., 1996; Qo’qon tarixi, T., 1996.