Palade (Palade) Jorj Emil

Palade (Palade) Jorj Emil (1912.19.11, Yassi shahri, Ruminiya) — Amerikalik biokimyogar (millati rumin). 1946 yildan AQShda. Asosiy ishlari hujayralarning ultratuzilishini elektron-mikroskop ostida tekshirishga oid. Ilk bor ribosomalar va mitoxondriyalarni ta’riflab berdi (1953). Nobel mukofoti laureati (1974, K. R. De Dyuv va A. Klod bilan hamkorlikda).