Puankare Jyul Anri

Puankare Jyul Anri (1854.29. 4, Nansi — 1912.17.7, Parij) — frantsuz matematigi. Parij FA a’zosi (1887). Parij un-ti prof. (1886). Geografik uzunliklar byurosi a’zosi (1893). Aso- siy ilmiy ishlari differentsial tengla- malar, avtomorf funk-tsiyalar nazariyasi, osmon mexanikasi, matematik fizika va topologiyata oid. P. differentsial ten- glamalar echimini boshlang’ich shartlarga va tenglama parametriga bog’liq holda tekshirdi. Bunda P. maxsus nuqtalar tasnifini ta’rifladi va limit tsik- llarini o’rgandi. P. kombinator topo- logiyaning asosiy tushunchalari (Betti soni, Fun-damental gruppa va b.)ni ki- ritdi. P. matematik fizika sohasida 3 o’lchovli kontinuum tebranishini, shu- ningdek, issiklik o’tkazuvchanlik naza- riyasi, elektromagnit tebranishlar naza- riyasi va b. masalalarni tadqiq qilgan. «Elektron dinamikasi» asarida (1905) A. Eynshteyndan mustaqil tarzda maxsus nisbiylik nazariyasi asoslarini bayon etgan. P.ning maxizmta oid falsafiy dunyoqarashlari diqqatga sazovor.