Puasson Simeon Deni

Puasson Simeon Deni (1781.21.6, Pitive — 1840.25.4, Parij) — Fran- suz matematigi, fizigi. Parij FA a’zo- si (1812), Peterburg FA faxriy a’zosi (1826). Ilmiy ishlari nazariy va osmon mexanikasiga, mat. hamda matematik Fi- zikaga oid. U birinchi marta analitik mexanika tenglamalarini impulsning tashkil etuvchilari tar-zida yozgan. P. matematik fizikaning ko’plab masala- larini echgan, ehtimollar nazariyasida Bernulli sxemasini umumlashtirib, kat- ta sonlar qonunini isbotlagan, kam ro’y beradigan hodisalar taqsimot qonuni (Puasson taqsimoti )ni topgan. Quyosh si- stemasining turg’unligini tekshirishga bag’ishlangan ishlari muhim. Sferoid va bir jinsli ellipsoidlar tortishishini o’rganib, o’z nomi b-n ataluvchi tengla- mani chikargan (q. Puasson tenglamasi). P.ning ballistika, elastiklik nazariya- si, gidromexanika va b. sohalardagi ish- lari ham katta amaliy ahamiyatga ega. Ad.: Kleyn F., Lektsii o razvitii ma- tematiki v XIX stoletii, Per. s nem., ch. 1, M. -L., 1937.