Pugachenkova Galina Anatolevna

Pugachenkova Galina Anatolevna (1915.7.2, Olmaota) — san’atshunos, arxeolog olim. O’zbekiston FA akad. (1984), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1964). O’rta Osiyo indu- strial in-tini tugatgan (1937). O’rta Osiyo un-ti (ToshDU) tarix f-ti arxeo- logiya kafedrasi do-tsenti (1942-60), prof. (1962). San’atshunoslik i.t. in- stitutida katta il-miy xodim (1958— 60), san’at va me’morlik tarixi bo’limi mudiri (1960— 84) hamda, ayni bir paytda, O’zbekiston san’atshunoslik eks- Pedi-tsiyasi boshlig’i va ilmiy rahbari (1959-84), O’zbekiston FA Tarix, til- shunoslik va adabiyotshunoslik fanlar bo’limi akad.-kotibi (1984— 87), 1987 y.dan O’zbekiston FA Tarix i.t. insti- tutida akademikmaslahatchi. P.ning il- miy ishlari O’rta Osiyo va unga yondosh O’rta Sharq mamlakatlarining qad. Va o’rta asrlar badiiy va moddiy yodgorli- klarini o’rganishga ba-g’ishlangan. O’rta Osiyo me’morligi va uning taraqqiyoti, o’ziga xos xususiyatlari hamda Sharq me’morligi rivojida tutgan o’rni (Xolchayon, Dalvarzintepa kabi Yodgor- liklarni o’rganish, Kushan san’atining kelib chi-qishi, Baqtriya, Parfiyaning Gandxara san’atiga qo’shgan hissalari) ni, qad. san’at osori atiqalari (O’rta Osiyo gliptikasi, kdd. haykal-taroshligi va b.) va miniatyura san’ati (xorijda saqlanayotgan O’rta Osiyoga oid rasm- lar va O’zbekistonda mavjud rasmli qo’lyozmalarni bezagan mi-niatyuralardan O’rta Osiyo miniatyura maktabiga tegish- lilari)ni tadqiq etgan. Frantsiyadagi Strasburg un-tining faxriy dri (1976), Bokudagi Sharq mamla- katlari xalqaro me’morlik aka-demiyasi faxriy akad. (1999). Hamza (1966) va be- runiy (1992) nomidagi O’zbekiston dav- lat mukofotlari Lau-reati. «Do’stlik» (1995) va «Buyuk xizmatlari uchun» (2002) ordenlari b-n mukofotlangan. As: Vidayutshiesya pamyatniki izobra- zitelnogo iskusstva Uzbekistana (v so- avtorstve), T., 1960; Xalchayan. K proble- me xudojestvennoy kulturi Severnoy Baktrii, T., 1966; Zodchestva Tsentral- Noy Azii, XV vek. Vedutshie tendentsii i cherti, T., 1976; Iskusstvo Baktrii epoxy Kushan, M., 1979; Iskusstvo Gandxari, M., 1982; Temurning me’moriy merosi (O’zb., rus, frantsuz), T., 1996. Ad.: Galina Anatolevna Pugachenko- va, T., 1985; Gorshenina S, Galina Puga- chenkova, T., 2002.