PUGACHYOV QO’ZG’OLONI

PUGACHYOV QO’ZG’OLONI (1773-75) Rossiyada hokimiyatga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olon. Uralbo’yi, Uralorti, O’rta va quyi Volgabo’yiga tarqalgan. Unga E.I. Pugachyov rahbarlik qilgan. Yoyiq kazaklari, z-D ishchilari, krepostnoy dehqonlar, Volgabo’yi aholisi, Salavat Yulaev, Kinzya Arslonov boshchiligida- gi boshqirdlar dehqonlar urushining harakatlantiruvchi kuchlari bo’lgan. 1773 y. sent.da qo’zg’olonchilar Ilesk va b. istehkom shaharchalarini egallaganlar. 1773 y. okt.da Pugachyov 2500 kishilik otrya- Di b-n Orenburg qal’asini qamal qilgan. Qo’zg’olonchilarning soni dek. oyida 30 ming kishiga etib, ularning qo’lida 86 to’p bo’lgan. Qo’zg’olon noyab.-dek. oylari- da katta hududga yoyilgan. 1774 y. Fev.da Chelyabinsk egallangan. Qo’zg’olonchilarga qarshi Ekaterina II hukumati muntazam qo’shinlarini yuborgan. Pugachyov Oren- burg qamalini bo’shatish, Chelyabinsk va Kurganni tashlab chiqish, qo’zg’olon avj olgan Ural z-dlariga ketishga majbur bo’lgan. 1774 y. iyulida qo’zg’olonchilar Qozon uchun bo’lgan jangda engilganlar. Pugachyov dehqonlar harakati keng Yoyil- gan Volganing o’ng sohiliga o’tib ket- gan. Uning keng yoyilishiga Pugachyovning dehqonlarga erlarni bo’lib berish, kre- postnoy huquqni tugatish, dvoryan va pod- sho amaldorlarini yo’qotishga da’vat etuvchi manifestlari yordam bergan. Deh- qonlar qo’zg’oloni mag’lubiyatga uchragan. Pugachyov tutib olinib, 1775 y. Moskvada qatl etilgan. Minglab qo’zg’olonchilar shafqatsiz jazolangan.