Pudrat shartnomasi

Pudrat shartnomasi (rus. pod- ryad — bir yo’la) — fuqarolik-huquqiy bitim, unga ko’ra, bir taraf (pudrat- chi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)nint topshirig’iga binoan, muayyan ishni ba- jarish va uning natijasini buyurtma- chiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi. Buyurtmachi esa, ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun haq to’lash majburiyatini oladi. O’zbekiston Respublikasida P.sh.ning maishiy pudrat, qurilish pudrati, loyiha va qidiruv ishlari pudrati, il- miy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati singa- ri alohida turlari bor. P.sh. buyumni tayyorlash yoki qayta ishlash yoxud boshqa ishni bajarib, uning natijalarini bu- yurtmachiga topshirish borasida tuzila- Di. Buyum tayyorlash uchun tuzilgan P.sh. bo’yicha pud-ratchi buyumga bo’lgan huquqni buyurtmachiga beradi. Agar shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, Pu- dratchi buyurtmachining topshirig’ini ba- jarish usullarini o’zi belgilaydi. Agar P.sh.da boshqacha qoida nazarda tutilma- gan bo’lsa, ish pudratchining qaramog’ida — uning materiallaridan, uning kuchi b-n va vositalaridan foy-dalangan holda bajariladi. Pudratchi o’zi bergan Mate- riallar va uskunalarning sifatiga, shu- ningdek, uchinchi shaxslarning huquqlari bo’lgan materiallar va uskunalarni ber- ganligi uchun javob beradi. Agar qonun yoki P.sh.dan pudratchining shartnomada nazarda tutilgan ishni shaxsan bajarish majburiyati kelib chiqmaydigan bo’lsa, pudratchi o’z majburiyatlarini bajarish uchun boshka shaxslar (subpud-ratchilar) ni jalb qilishga haqlidir. Bu hodda pudratchi bosh pudratchi vazi-fasini ba- jaradi. P.sh.ga oid huquqiy holatlar O’zbekiston Respublikasi FKda bayon qilingan.