Pul

Pul — hamma tovarlar va xizmatlar ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalent sifatida foydalaniladitan, boshqa barcha tovarlar qiymatini ifoda- laydigan maxsus tovar; bozor tshtisodiyo- tining eng asosiy vositasi. P. o’z tabi- atiga ko’ra, 3 xil xususiyatga ega: hamma narsaga ayirboshlanadigan mu-him xa- Rid vositasi; boylik timsoli; mehnatni qiymat shaklida o’lchab beradigan vosita. P. ayirboshlash, to’lov, qiymat O’lcho-VI, jamg’arish (boylik to’plash) kabi vazifalarni bajaradi: qiymat o’lchovi — tovarlar qiymati miqsori P. orqali o’lchanadi. U boshqa hamma tovar qiymatini ifodalaydi; ayirboshlash vositasi — P. vosita-sida tovarlar ol- disotdi qilinadi; jamg’arish vositasi — pul o’zida mehnatni gavdalantirgani uchun boylikning umumiy shakliga ay- lanadi. Agar tovar ishlab chiqaruvchi o’z tovarini sotib, P.ga boshqa tovar sotib olmasa, u P.ni jamg’aradi. P. jamg’arish uchun, ayniqsa, P. qadrining saqlanishi muhim ahamiyatga ega; to’lov vosita- si — tovarga uni sotib olingan vaqtda emas, balki ma’lum muddatdan so’ng haq to’lanadigan tovar muomalasi jarayonida yuzaga keladi. Nasiyaga sotilgan tovar- lar va xizmatlar haqi to’langanda, qarz qaytarilganda P. to’lov vositasi rolini bajaradi. P.ning bu vazifasi muomala- ning turli kredit vositalari — veksel, chek, banknotlarnp keltirib chiqaradi. P. shakliga ko’ra, naqd P. (aniq moddiy shak- lga, ya’ni qog’oz, tanga) va naqd bo’lmagan P. (aniq moddiy shaklga ega bo’lmagan, bankdagi bir joriy hisobvaraqdan boshqasiga ko’chirib yozib qo’yish orqali harakat qiluvchi P.) ko’rinishida bula- Di. Muomala doirasi darajasiga ko’ra, milliy P. (asosan, mamlakat hududida amalda bo’ladigan), xalqaro yoki mamla- katlararo (baynalmilal) P.ga bo’linadi. Maxsus chiqariladigan jahon P.i yo’q, ammo umumiy universal to’lov vositasi rolini eng qadri yuqori, erkin almash- tiriladigan P. uynaydi. Hoz. paytda dunyoda AQSh dollarn, Angliya funt ster- lingi, Yaponiya ienasi va 2002 y. yanv.dan muomalaga kiritilgan Evropa Ittifoqi mamlakatlarining P. birligi — evro jaxrn P. i vazifasini bajaradi. Dilorom Tojiboeva.