Pul bozori

Pul bozori — moliya bozorining asosan qisqa muddatli (bir yilgacha) kre — dit operasiyalari amalga oshiriladigan qismi. P.b.dagi operasiyalar firma- larning aylanma kapitali hara-katiga, banklarning qisqa muddatli resurela- riga xizmat ko’rsatadi. Ken g ma’noda P.b. xususiy shaxslar, davlat, nobank davlat muassasalari pulga talab b-n va banklar pul taklifi b-n chiqadigan bozordir. P.b. vaqtincha etishmayotgan aylanma vositalarni to’ldirish imko- niyatini beradi. P.b.ning asosiy ishti- rokchilari — Markaziy bank va tijorat banklari hisoblanadi. Keyingi yillar- da bankdan tashqari moliya vositachilari (mas, AQShdagi P.b, hamkorlik fond- lari) ham ishtirok etadi. P.b.da yuqori lik-vidlikka ega bo’lgan qimmatbaho qog’ozlar — xazina va tijorat veksel- lari, depozit sertifikatlari, bank aktseptlari, qimmatli qog’ozlar, muni- tsipal veksellari va b. qatnashadi. P.b. iqtisodiyotni boshqarishning muhim ob’ektlaridan biri. P.b. davlat xa- rajatlarini kreditlash va byudjet taqchilligini qoplashning manbai sifa- tida kat-ta ahamiyatga ega. Xalqaro valyu- ta-kredit munosabatlari rivojlanishi b-n xalqaro P.b.lari paydo bo’ldi (eng yiriklari Amerika P.b., Evropa P.b.).