Seuta

Seuta — Marokashning O’rta dengiz sohilidagi shahar, Gibraltar bo’g’ozining Sharqiy Femida. Atrofidagi hududlar (20 km2) bilan Ispaniya boshqaruvi ostida. Aholisi 71,5 ming kishi (2001). Erkin savdo porti, tashqi savdo va vositachilik operatsiyalari muhim ahamiyatga ega. Baliq ovlanadi. Oziq-ovqat (baliq konservalash, un tortish) va parfyumeriya-kosmetika sanoatlari rivojlangan. Kema ta’mirlash korxonalari bor. Shaharga miloddan avvalgi 7-asrda asos solingan. Ispaniyaning harbiy dengiz bazasi.