SOHIBQIRON
SOHIBQIRON (arab. saodatli, zafarli, g’olib) — 1) ilmi nujum (astrologiya) va afsonalarda — Zuhra va Mushtariy yoki Zuhra va Quyosh sayyoralarining birlashishi, ya‘ni ular ekliptikaning ma‘lum bir darajasida to’qnash kelishi vaqti (qiron)da tug’ilgan bola, bunday bolaning baxtli, ulug’ martabali bo’lishi oldindan bashorat qilingan; 2) Sharq mamlakatlarida, xususan, Eron va Turonzaminda qudratli hukmdor, jahongir unvoni (Faridun, Chingizxon va h.k.); 3) Amir Temurning sharafli unvoni.
O‘xshash so‘zlar
- Sohibqiron
- Sohibqiron
- Sohibqiron
- Sohibqiron harami
- Sohibqironning pirlari
- Sohibqiron Amir Temur Kuragon
- Sohibqiron hikmatlaridan namunalar
- Sohibqiron davlatining ichki hayoti, harbiy islohot





