So’zning qancha ma’nosi bor?
Har bir tilda yangi so’zlar paydo bo’ladi, biroq bu jarayon cheksizlik qadar davom eta olmaydi. Agar so’zlar rosa ko’payib ketgudek bo’lsa, unda odamlar kalimalarning barchasini shunchaki eslab ham qololmaydilar. Shuning uchun ham allaqachon bir so’zga birgina emas, balki bir talay ma’nolar berishgan. Bunday hodisani polisemiya deb atashgan, ya’ni — yunoncha poly — ko’p va sema — ma’no. Mana, masalan, «oxvatit» so’zini olaylik. Rus tilining to’rt jildli lug’ati (1984) da bu so’zning o’nlab ma’nolari keltiriladi; 1. Nimanidir tez, keskin harakat bilan olish, tutib olish (ho’l, tish va h.k.). 2. Kimningdir ketishiga, qochishiga va h.k. ga yo’l qo’ymaslik uchun kuch bilan ushlab turish. Bu so’zning to’gridan-to’gri ma’nolaridan tashqari ko’chma ma’nolari ham bor… 6. Nimanidir ko’z ostiga olish va yodda saqlab holish. So’z ma’nosi u yoki bu vaziyatda qo’llangan kontekstni tushunishga yordam beradi. Bunday paytda ma’no ko’pincha uning nutqning boshqa bo’laklari bilan bog’langanligiga qarab aniqlanadi — «Rjanoe pole», «Zametki na polyax», «Shlyapa s shirokimi polyami». Buning singari so’z o’yini, eng avvalo, badiiy asarlarga xos, nafaqat so’zni qo’llash imkoniyatlari kengaytiriladi, qolaversa uni qandaydir kutilmagan tomonga burib yuborishga yordam beradi. Ko’p ma’noli so’zlar o’ziga xos «uya» shakllantiradiki, bunda so’zlar qandaydir mushtarak, masalan o’xshashlik (shaklga, tashqi ko’rinishga, holatga vazifalar mushtarakligiga ko’ra) bilan o’zaro bog’langan bo’ladi. Ammo o’z «o’zagi» dan yiroqlashgan ma’no o’z «in»ini shakllantirib, unda o’z mustaqil hayotini boshlaydigan holatlar ham uchrab turadi.