Tog’chi, Toqchi, toxchi

Tog’chi, Toqchi, toxchi — Jan. O’zbekistonning qad. tub (avtoxton) turkiy qavmlaridan biri. T. so’zi «tog’lik» ma’nosini anglatadi. Ular ba’zan o’zlarini Dashti Qipchoq o’zbek qatag’onlariga ham mansub deb biladilar. Lekin T.larning ajdodlari Jan. O’zbekiston hududida Dashti Qipchoq o’zbeklarikelishidanhamburunyashashgan. Ular tog’larda istiqomat qilganliklari sababli T.lar deb atalgan. T.lar, asosan, Surxondaryo vohasida yashab soni jihatidan chig’atoylar va qo’ng’irotlardan keyin turishgan. 1924 y.gi ma’lumotlarda Boysun tumani bo’yicha 5605 nafar T. qayd etilgan. Ko’hitang tog’ining Sharqiy qismida 1190 kishi. Sherobod daryosining o’rta oqimida 2695 kishi, Sherobod daryoning yuqori qismida 665 kishi, Surxon havzasining o’ng qirg’oq qismida 1055 T.lar istiqomat qilgan. T.larning tashqi qiyofasida mongoloid irqiga xos belgilar kamroq bo’lib, tog’da yashovchi tojiklarga ko’proq o’xshaydi. T.larning tili o’zbek tilining qarluq laxjasiga kiradi. T. tojiklar kabi kichik etnik guruhlarga bo’linmaydi. Ularda ichki nikohendogamiya an’analari juda kuchli saqlangan bo’lib, ba’zan tojik va turklar bilan qiz olib berishgan. Mahalliy Qo’ng’irot, Do’rmon, yuz, Laqay kabi qavmlar bilan nikoh aloqalari umuman taqiklangan. T.larning asosiy an’anaviy mashg’ulotlari chorvachilik (qo’y, echki), dehqonchilik va xunarmandchilikdan iborat bo’lgan. 20-a.ning boshlarida sodir bo’lgan iqtisodiy va siyosiy jarayonlar tufayli T. larning ko’pchiligi o’zbeklar, ba’zi guruxlari esa tojiklar tarkibiga singib ketishgan. Ad.: Karmisheva B. X., Ocherki etnicheskoy istorii yujno’x rayonov Tadjikistana i Uzbekistana, M., 1976; sho — Niyozov K., O’zbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001.