Qo’shrabot

Qo’shrabot — Samarqand viloyati Qo’shrabot tumanidagi qishloq, tuman markazi. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Kattaqo’rg’on (58 kilometr). Qo’shrabotdan Samarqand shahrigacha 100 kilometr. Aholisi 10 ming kishiga yaqin (2004). Qo’shrabotda paxta tozalash, g’isht zavodlari, MTP, kichik va o’rta biznes korxonalari, mikrofirmalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, dehqon bozori bor. Umumiy ta’lim, bolalar musiqa, sport maktablari, kasb-hunar kollejlari, tuman Markaziy kutubxonasi, madaniyat uylari, stadion, sport maydonchalari va boshqa sport inshootlari mavjud. 6 kasalxona (shu jumladan, tuman Markaziy kasalxonasi, poliklinika, tug’ruqxona va boshqa tibbiy muassasalar faoliyat ko’rsatadi. Qo’shrabotdan Samarqand shahri va qo’shni tuman markazlariga yo’lovchilar tashuvchi avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi.