Sogneford

Sogneford — Shimoliy dengizdagi qo’ltiq. Skandinaviya yarim orolining Janubiy g’arbiy qirg’oqlari yaqinida. Norvegiyadagi eng yirik fordlaraan. Uzunligi 204 kilometr, eni 6 kilometr, eng chuqur joyi 1208 metr. Tik qoyali qirg’oqlarining balandligi 1500 metrga yetadi. Yon tomonlarida tarmoqlari bor, ularning ayrimlari muz bilan qoplangan. Suv ko’tarilishi har yarim sutkada takrorlanadi. Turizm rivojlangan.