Sohibov Shohnazar

Sohibov Shohnazar (1903.16.5, g’oz. Vobkent tumani Kumushkent qishlog’i — 1973.21.3, Dushanba) — o’zbek va tojik hofizi, sozanda, bastakor. O’zbekiston (1944), Tojikiston (1957)da xizmat ko’rsatgan san’at arbobi. Samarqand musiqa va xoreografiya in-ti (1928-32), Moskva O’zbek opera studiyasining kom- pozisiya sinfida (1935— 41) ta’lim olgan. Samarqand (1931 — 33) va Buxoro (1933 — 35) musiqali drama teatrlari, O’zbekiston radioqo’mitasi xalq cholg’u asboblari ansamblining (1945-47) musiqa rahbari, O’zbek davlat filarmo- niyasi (1943— 45), tojik davlat filar- moniyasi (1947-50)da badiiy rahbar. To- jikiston xalq ijodi uyida katta ilmiy xodim (1950-66). 1966 y.dan Tojiki- ston radio va televideniesi Shashmaqom ansamblining rahbari. S. Buxoro ij- rochilik maktabi an’analarini davom ettirib, mumtoz ashulalar va maqom yo’llarini o’zbek va tojik tillarida mahorat bilan kuylagan. S. vokalraqs syuitasi, bir qancha qo’shiklar va marsh- lar yaratgan. F. Shahobov, B. Fayzullaev- lar bilan Tojikistonda Shashmaqomni notaga olib, V. Belyaev tahririda nashr ettirgan (1950-1967, Rudakiy nomidagi Tojikiston Davlat mukofoti laureati, (1972).