SOHIBGARAY I

SOHIBGARAY I (? 1551, Boqchasaroy) — davlat arbobi. Qozon xoni (152124), Qrim xoni (153251). Garaylar sulola- sidan. Mengligarayning o’g’li. Ona- si — Hyp Sulton no’g’ay. 1521 y.da S.G. qozonliklar taklifiga ko’ra, Qozon xoni bo’lgan. O’sha yili ukasi — Qrim xoni Muhammad Garay bilan birgalikda mo- skva knyazligiga harbiy yurish qilib, Moskvani egallagan. Moskva buyuk knyazi Vasiliy III Qrim xoniga har yili o’lpon to’lab turish maj- buriyatini olgan. Biroq, Moskva knyazli- gi Qozon ustiga harbiy yurish qilishga tayyorgarlik ko’rayotganligi uchun Qozon xonligi bilan Usmonli turk sultonligi o’rtasida o’zaro shartnoma tuzilgan. S.G. o’z o’rniga akasining o’g’li — 13 yoshli Ji- yani Safo Garayni qo’yib, 1524 y. bahorda Istanbulga borgan va sultondan harbiy yordam so’ragan. S.G. birmuncha muddat is- tanbulda turgan. S.G. Qrim xoni bo’lgach (1532), Qozon xonligi bilan o’zaro ittifoq tuzgan (1533). O’ziga qarshi chiqqan Islom Garay bilan kurashgan (1532— 37). Moskva (1541), Quyi Volga (154647) va shim. Kavkaz (1551)ga xarbiy yurishlar uyushtirgan. Saroy fitnasi na- tijasida o’ldirilgan.