Olay tizmasi
Olay tizmasi — Pomir- Olay tog’lari sistemasidagi tizma. Qirg’iziston va qisman Tojikistonda. Eng baland joyi 5539 metr. Uzunligi 400 kilometr. Janubda Farg’ona vodiysi bilan chegaralanadi. Qum-gilli jinslar va kristalli slaneslardan tuzilgan. Shimoliy yon bag’ri qiya va bir necha ko’ndalang vodiylarni o’z ichiga oladi. Janubiy yon bag’ri olay vodiysiga tik tushgan. Cho’qqilarida, ayniqsa, g’arbiy qismida qor va muzliklar (568 km2) bor. Tog’ etaklarida chala cho’l o’simliklari o’sadi, yon bag’irlari quruq chalov-betaga dashtlaridan iborat. 2000-3200 metr balandlikda o’tloqdasht o’simliklari va archa o’rmonlari, undan yuqorida Alp o’tloqlari bor.