Katod
Katod (Yunoncha kathodos — pastga yo’nalish, qaytish) -1) tok manbaining manfiy qutbiga ulanadigan elektr va radiotexnika asboblari, elektrolitli vanna va boshqa qurilmalarning elektrodi. Katodni 1834 yilda ingliz fizigi M. Faradey taklif qilgan. Tashqi ta’sir natijasida Katoddan elektronlarning chiqishiga qarab, uning termoelektron, sovuq, fotoelektron turlari farqlanadi; 2) tok manbai — galvanik elementlar yoki akkumulyatorning manfiy qutbi; 3) elektr-vakuum asboblar va gaz razryadli lampalarda elektronlar manbai.