KATRMER (QUATREMERE) ETENN MARK
KATRMER (QUATREMERE) ETENN MARK (1782.12.7 – Parij – 1857.18.9) -Fransuz sharqshunosi. Yozuvlar akademiyasi a’zosi, Ruan universiteti yunon adabiyoti professor (1815), kollej de Fransda som tillari hamda jonli sharq tillari maktabida fors tili professor (1819). Ibn Xaldun, Rashiduddin, Makriziy asarlarini ilmiy o’rganib, nashr ettirgan. Xrestomatiyasida Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug’atayn» va «tarixi muluki Ajam»ini e’lon qilgan (1841). Katrmer bundan tashqari, Sharq mamlakatlari, ko’proq Misr tarixi, tarixiy geografiyasi va adabiyotiga oid asarlar muallifi.
O‘xshash so‘zlar
- Katsenovich Aleksandr Lvovich
- Katsenovich Rauf-Rafail Aleksandrovich
- KATTA ANDIJON KANALI
- KATTA ANTIL OROLLARI
- Katta ashula
- KATTA AVSTRALIYA QO’LTIG’I
- KATTA AYIQ
- KATTA AYIQLI KO’L



