Katovise

Katovise — Polshaning Janub qismidagi shahar. Katovise voevodaligining ma’muriy markazi. Aholisi 345,9 ming kishi (1999). Shahar Yuqori Sileziya toshko’mir havzasida joylashgan. Katovise atrofida toshko’mir konlari bor. Temir yo’l tuguni. Muhim sanoat markazi. Qora va rangli metallurgiya (rux, qo’rg’oshin, rangli metall prokatlari ishlab chiqarish), mashinasozlik (kon, ko’tarma-transport, elektrotexnika mashinalari), kimyo (superfosfat va boshqa ximikatlar), chinni, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati rivojlangan. Universitet (1968 yildan), Oliy iqtisodiyot maktabi, Badiiy akademiya bor. Katovise nomi tarixiy manbalarda 1598 yildan uchraydi. 1742 yildan Prussiya tarkibida. 1865 yildan shahar huquqini olgan. Katovise 1922 yil 20 yanvarda Millatlar Ittifoqi Kengashining qarori bilan Polshaga qaytarildi.