Navroskiy Yevgeniy Lvovich
Navroskiy Yevgeniy Lvovich (1886, Kiyev -1921.1.2, Toshkent) — selektsioner olim, O’zbekistonda o’rta tolali g’o’zaning dastlabki selektsiya navlarini yaratgan. Andijon tajriba dalasi selektsioneri (1912-20). Russel va Triumf Amerika g’o’za navlaridan ko’p marta tanlash usuli bilan Navroskiy [(0100), 1913] va Navroskiy zafari (Triumf Navroskogo, 0251), 1915] navlarini chiqardi. Navroskiy yaratgan g’o’za navlari paxtachilikning rivojlanishida katta rol o’ynadi va 20-asrning 20-yillaridan O’rta Osiyo va Qozog’istonda ekilgan asosiy navlar bo’ldi. Navroskiyning asosiy ilmiy ishlari g’o’za navlarini yaratish va sinash masalalariga bag’ishlangan.