Oomisetlar

Oomisetlar (Oomycetes) — zamburug’lar sinfi (boshqa ma’lumotlarga ko’ra, kenja sinf). Suvda va quruqlikda o’sadi. Miseliysi hujayrasiz; hujayra pusti tsellyuloza va glyukandan iborat bo’lishi bilan boshqa zamburug’lardan farq qiladi. Jinssiz zoospora yoki konidiya hosil qilish; jinsiy — oogamiya orqali ko’payadi. Anteridiy ko’p yadroli, sharsimon oogoniyda 1 yoki bir nechta tuxum hujayra etiladi. Urug’langan tuxum hujayralar oosporalarga aylanadi. Ulardan bahorda zoosporalar, murtak zoosporangiyli kalta o’sish giflari hosil bo’ladi. 4 ta tartibi (saprolegninsimonlar; leptomisimonlar, lagenidsimonlar, peronosporalilar), 350 turi mavjud. Tuban Oomisetlar — saprotrof, organik moddalarga boy chuchuk suvlarda yashaydi. Ko’pchilik Oomisetlar hayvonlar murdasi va boshqa organik qoldiklarda uchraydi, ayrim turlari baliqlar va suvda hamda quruqlikda yashovchilar uvildiriqlarida, kasallangan baliqchalar va itbaliklarda parazitlik qiladi. Quruklikdagi turlari yuksak o’simliklarning obligat paraziti, to’qima ichida yashaydi, barg og’izchalaridan fahat ago-rangit (konidit) hosil qiluvchi qismi chiqib turadi. Jinsiy organlari va oosporalari ham endofit rivojlanadi. Ba’zi Oomisetlar (masalan, Perenospora tokda kul, fitoftora kartoshkada chirish) kasalligini paydo qiladi. Oomisetlar hujayra po’stida xitin bo’lmaydigan sarg’ish-yashil yoki xivchinli suv o’tlaridan kelib chiqqan bo’lishi mumkin.