Operatorlik san’ati

Operatorlik san’ati – Suratga olish uslubi orqali film mazmuni va g’oyasini ochib berish hamda badiiy tasvir yaratish vazifasidan iborat kinematografiya va televideniega xos bo’lgan badiiy ijod sohasi. Operatorlik san’atining rivoji kino san’ati, tasviriy san’at, teatr, dramaturgiya va boshqalar rivoji bilan chambarchas bog’liq. Operator rejissyor, rassom, filmning boshka ijodkorlari bilan hamkorlikda kinematografik texnika va zamonaviy uslub asosida filmning tasviriy talqini, suratga olish jarayonini ishlab chiqadi. Suratga olingan tasvir sifati operator mahoratiga bog’liq; u suratga olish jarayonida umumiy, o’rta, yirik planlardan, rakurs va yorug’lik-nurdan, kinokadr kompozitsiyasidan maqsadga muvofiq foydalanadi. Operatorlik san’atining o’ziga xosligi shundaki, u ekranda narsalarning nafaqat shakl, rang, hajmini, suratga olish joyining manzara va masofasini to’g’ri, butun boricha tasvirlash san’atini ko’rsatishga, balki harakat tezligi, sur’ati va yo’nalishiga imkoniyat yaratadi. Xronikal-hujjatli kino operatori kinojurnalist vazifasini, ilmiy-ommabop va o’quv kinosi yaratilishida operator ko’proq muallif-operator vazifasini bajaradi. Har bir filmning postanovkachi operatori va ularga yordamchi operatorlar bo’ladi. Yordamchi operator postanovkachi-operator topshirig’i bilan ish ko’radi. Birinchi o’zbek kinooperatori Xudoybergan Devonov o’z faoliyatini 1907-08 yillar boshlagan. o’zbek kinosining dastlabki yillarida F. Verigodarovskiy, A. Ginzburg, A. Bulinskiy kabi chetdan kelgan mutaxassislar faoliyat ko’rsatgan. 30-yillarning boshlarida o’zbek operatorlaridan M. Qayumov, O. Tursunov, A. Saidov, M. Krasnyanskiy va boshqalar ish boshlagan. Keyinroq O’zbekistonga kelib ishlagan ukrain operatori D. Demuskiy faoliyati respublikamizda Operatorlik san’atining yuksalishida alohida o’ringa ega. U operatorlik qilgan «Nasriddin Buxoroda», «Tohir va Zuhra», «Nasriddinning sarguzashtlari» kabi filmlar eng yaxshi milliy kino asarlaridir. 50-yillarda N. Ryadov, A. Pann, P. Rasulov, X. Fayziyev kabi milliy suratga olish ustalari kirib keldi. 60-70-yillarga kelib o’zbek operatorlari film mavzuini kengaytirish uchun yangi uslublar topishda izlandilar. D. Fatxullin («Nafosat»), Davron Salimov («Doyra»), T. Ro’ziyev («yor-yor»), Sh. Junaydullayev («Dilbarim») kabi yangi kuchlarning kelib qo’shilishi filmlarning tasvir imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. 70-80-yillar o’zbek kinosida keng tarqalgan janr va mavzu xilma-xilligi yangicha fikrlaydigan operatorlar yetishib chiqishini ta’minladi. Ayniqsa, A. Ismoilov («Shiddat»), Sh. Mahmudov («Ajoyib xayolparast»), T. Qayumov («Jazirama quyosh ostidagi uy»), E. A’zamov, L. Simbirsev («ota nasihati»), D. Abdullauev («Vatanga xizmat qilib»), N. G’ulomov («Suyunchi»), B. Nazarov («So’z raisga») kabi operatorlarning xizmatlari alohida. Mustaqillikdan so’ng Operatorlik san’ati yanada gurkirab o’sdi, imkoniyatlar kengaydi, janr va uslub jixatdan chuqurlashdi. O’zbek operatorlarining mahoratlari namoyon bo’lishida «Buyuk Amir Temur» (R. Ibrohimov), «Marg’iyona» (H. Hasanov), «Otamdan qolgan dalalar» (R. Galiev), «Yolg’iz yodgorim» (U. Hamroyev), «Ayollar saltanati» (H. Fayziev,) «Tilsimoy — g’aroyib qizaloq» (M. Mirzaahmedov) kabi filmlar yana bir katta «kuprik» vazifasini o’tadi. Rejissyor Zulfiqor Musoqovning «askar hikoyasi», «Abdullajon», «Ayajon», «Mo’jizalar maydoni» filmlari vizual san’at rivojla- Nishida boy «ozuqa»dir. Falsafiy g’oya bilan sug’orilgan U. Hamroyevning «Voiz» filmi yirik operatorlik ishi bo’ddi. M. Qayumov, H. Fayziev, A. Ismoilov, T. Nodirov, D. Salimov, Sh. Mahmudov, D. Abdullaev va boshqalar respublikamizning eng taniqli operatorlaridan. Jo’ra Teshaboyev.