ATOM VODOROD YORDAMIDA PAYVANDLASH haqida nimani bilasiz?
ATOM VODOROD YORDAMIDA PAYVANDLASH — metallni vodorod muhitida payvandlash. Asosiy issiqlik manbai — ikkita volfram elektrod orasida hosil bo’ladigan elektr yoy. Yoyning yuksak (3500° gacha) temperaturasi ta’sirida molekulyar holatdagi vodorod atomlarga dissosiyalanadi (ajraladi) (N2 -> 2n) va ma’lum miqdorda issiqlik yutadi. Vodorod metall sirtiga tekkanda atomlar yana molekulyar holga o’tib, yutgan issiqligini ajratadi va metallni yanada ko’proq qizdiradi. Dissotsiyalangan vodorod metallni himoya qiladi. Shu yo’sinda payvandlangan metallarda (mis va uning qotishmalaridan tashqari) mustahkam va zich choklar hosil bo’ladi.
O‘xshash so‘zlar
- ATOM
- Atomuhammad
- Atom energiyasi nima?
- Atom qanday o’lchamga ega?
- Atomlarni kim kashf etgan?
- ATOM haqida nimani bilasiz?
- ATOMIZM haqida nimani bilasiz?
- ATOM SOATI haqida nimani bilasiz?











