Nurpeisov Abdujamil Karimovich
Nurpeisov Abdujamil Karimovich (1924, Orolbo’yi, Ushqon qishlog’i) — Qozog’iston xalq yozuvchisi (1985). 2-jahon urushi qatnashchisi. M. Gorkiy nomidagi adabiyot institutini tugatgan (1953). “Juldiz” jurnal bosh muharriri (1954). Birinchi romani — “Kurlandiya”da urushning so’nggi kunlari tasvir etilib, Vatan himoyachilari obrazi yaratilgan. Nurpeisov “Kutilgan kun” (1957), “Oqshom” (1960), “sarsonlik-sargardonlik” (1970) romanlari muallifi. So’nggi uch roman keyinchalik “qon va ter” trilogiyasini tashkil etib (1974), ko’plab tillarga tarjima etilgan. Nurpeisovning ocherk, esse va tanqidiy maqolalari “o’ylar” (1974) kitobidan o’rin olgan. Nurpeisov A. P. Chexov, A. M. Gorkiy hikoyalari, ispan dramaturgi A. Kessoning “Daraxtlar tik turib o’ladi” va Nozim Hikmatning “Ko’k podsho” asarlarini qozoq tiliga tarjima qilgan. Jambul nomidagi Qozog’iston Davlat mukofoti laureati (1947).