Nurxon Yo’ldoshxo’jayeva

Nurxon Yo’ldoshxo’jayeva (1913-Marg’ilon — 1929.1.7) — Pro- fessional teatr sohasiga kirib kelgan birinchi o’zbek raqqosasi. 1928 yildan M. Qoriyoqubov rahbarligidagi kontsert-etnografik ansamblida raqqosa bo’lib ishlagan. Ansamblning Marg’ilonga qilgan gastroli vaqtida vahshiyona o’ldirilgan. Bu fojiaga bag’ishlangan «Nurxon» (K. Yashin asari; T. Jalilov musiqasi) musiqali dramasi yaratilgan. Marg’ilon shahri madaniyat uyi oldida Nurxonga haykal o’rnatilgan (1968, haykaltarosh V. Klebansov).