Nusrat Fatex Ali

Nusrat Fatex Ali (Nusrat Fateh Ali Khan; 1948, Faysalobod -1997.16.8, London) — Pokiston xonandasi, 20-asr ommabop musiqa madaniyatida Shuhrat qozongan musiqa namoyandalaridan. Vashington universiteti professor (1993 yildan). Mashhur musiqachilar oilasidan. Panjob maktabi vakili. Dastlab, Pokiston mumtoz musiqasining yirik ustasi sifatida Pokiston va Hindistonda «Qavallining shahanshohi» unvoniga sazovor bo’lgan. 1970-80 yillarda Pokiston kinostudiyalarida ishlab, yuzlab filmlarga ovoz bergan. 1985 yildan Yevropa va Amerika mamlakatlarida gastrodda bo’lib, eng yirik kontsert sahnalarida qavalli janrini targ’ib etgan; pop-musiqa, rok-musiqa yulduzlari (P. Gey- Briel, E. Uedder, N. Kennedi va boshqalar) bilan hamkorlik qilgan, 100 dan ortiqalbom chiqargan. Pokiston va Hindistonning davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.