Nam sig’imi
Nam sig’imi, tuproq nam sigimi — tuproqning namni tutish xususiyatini tavsiflovchi kattalik; tuproq massasi yoki quruq tuproq hajmiga nisbatan foizlardagi namlik miqdori yoki suv qatlamining mm lardagi balandligida ifodalanadi. Tuproqning granulometrik tarkibi va tuzilishiga, undagi gumus tarkibiga boglik. Nam sig’imining asosiy turlari to’la Nam sig’imi (tuproqning barcha g’ovaklari suv bilan to’lganda) tuproq singdira oladigan suv miqdori; Kapillyar Nam sig’imi— grunt suvlari sathi ustidagi tuproq qatlami suv va tuproq zarralari o’rtasidagi molekulyar tortishish kuchlari ta’sirida tutib turadigan eng ko’p suv miqdori. Me’yoriy (chegaradagi) dala Nam sig’imi (barcha gravitasion suv oqib ketgandan so’ng tuproq tutib qoladigan suv miqdori, o’simliklar uchun asosiy namlik manbai). Me’yoriy dala va kapillyar Nam sig’imi qishloq xo’jalik ekinlari optimal sug’orish rejimini hamda melioratsiya uchun zarur suv normalarini hisoblab chiqishda katta ahamiyatga ega. Me’yoriy dala Nam sig’imi 1 metr qalinlikdagi gilli tuproq uchun, odatda, tuproq massasiga nisbatan 25%, og’ir o’rtacha qumoklikda 19%, yengil qumoklikda 16%, qumloqda 13% va qumlikda 10% atrofida bo’ladi. Sobirjon Azimboyev.