Namib

Namib — Afrikaning Janubiy- g’arbiy sohillaridagi cho’l. Atlantika okeani sohili bo’ylab, shimolda Namib shahri yaqinidan Janubda Olifants daryosi quyilish joyigacha 2100 kilometrga cho’zilgan. Eni 50-130 kilometr. Yer yuzasi tekislik bo’lib, materik ichkarisiga zinapoyasimon ko’tarilib borgan (1000-1200 metr). Sharqiy va shimoliy qismi qumli, Janubiy toshloqlicho’l. Iqlimiga qirg’oq bo’ylab o’tgan sovuq Bengela oqimining ta’siri bor. Eng iliq oyning o’rtacha temperaturasi 17-19°, eng salqin oyniki 12-13°. Yillik yog’in kam bo’lsada (10-100 mm), lekin havoning namligi yuqori. Namibni Kunane va Oranj daryolari kesib o’tgan. O’simliklari siyrak. Grunt suvlari yer yuzasiga yaqin joylarda ba’zi kserofit o’simliklar, akasiya, aloe va boshqalar o’sadi. Olmos, uran konlari bor. Milliy bog’lar tashkil etilgan.