Namangan «noto’qimachi» aktsiyadorlik jamiyati

Namangan «noto’qimachi» aktsiyadorlik jamiyati – «O’zbek yengilsanoat» davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi sanoat korxonasi. 1932 yilda «besh yillik» arteli nomi bilan tashkil etilgan. 1941-43 yilda front uchun shinel va movutlar ishlab chiqarilgan. 1965 yildan korxona yigiruv-to’quv noto’qima mato fabrikasiga, 1982 yilda Baliqchi noto’qima mato fabrikasi ishga tushirilgach, noto’qima mato ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirildi. 1994 yildan hozirgi nomda. 1995 yilda sun’iy mo’yna ishlab chiqarish texnologiyasi o’zlashtirildi. Korxonada, asosan, mahsulot o’rash uchun noto’qima mato, paxtali vatin va sun’iy mo’yna ishlab chiqariladi. 2002 yilda 16,5 million m2 noto’qima matolar tayyorlandi.