Namud

Namud (forscha — ko’rinish, namoyon bo’lish) — maqom ashula yo’llarida muayyan sho»baning boshqa sho’balarda ishlatiladigan kuy tuzilmasi. Har bir Namud sho’baning bosh kuy jumlalaridan olinib, shu va boshqa maqom qismlarida avj sifatida foydalanishi mumkin. Namudlar foydalaniladigan sho’ba tarkibidagi kuy va doyra usuliga moslab olinadi hamda maqomlarning muhim shakllantiruvchi vositasi sanaladi. Shashmaqomda Namudlar soni o’ndan ortiq bo’lib, Saraxbor, talqin va Nasr sho»balari asosida yuzaga kelgan. Ular Uzzol, Ushshoq, Muxayyari Chorgoh, Bayot, Navo, Oraz, Dugoh, Segoh, Nasrulloyi va boshqa Namudlaridir. Bulardan Uzzol Namudi — Buzruk va rost maqomlari, Ushshoq Namudi — Buzruk, rost makrmlari, Muxayyari Chorgoh Namudi. — Buzruk, rost, Segoh va Iroq maqomlari, Navo Namudi va Oraz Namudi — Navo va Segoh maqomlari, Segoh Namudi — rost va Segoh maqomlari, Nasrulloyi Namudi — Buzruk va Segoh maqomlarining sho»balarida avj o’rnida ishlatiladi. Namudlardan bastakorlarning yirik shakldagi kuy va ashulalarida qam keng foydalanilgan. Asarlarda o’rniga qarab muayyan Namudning kuy-ohanglari, vazni va hajmi bo’yicha turlicha ko’rinishlari ishlatilishi mumkin. Maqom, shuningdek, mumtoz ashula va cholgu yo’llarida o’xshash uslubda foydalanadigan boshka maxsus kuy tuzilmalaridan Zebo pari va Turk avjlari Namudlar qatorida o’rin tutadi. Ad.: Rajabov I., Maqomlar masalasiga doyr, T., 1963.