Namsarayev Xoda Namsarayevich

Namsarayev Xoda Namsarayevich (1889.27.4, Kijincha qishlog’i, hozirgi Buryatiyaning Xorin aymog’i — 1959.28.7, Ulan-Ude) — buryat yozuvchisi. Buryat adabiyotining asoschilaridan. Ijodi 1919 yildan boshlangan («qorong’ulik» pyesasi). «Orakul Dambi» (1920), «Xo’jayin va batrak» (1930) hikoyalarida buryat xalqining hayoti aks etgan. «Tsirempil» qissasi va «shunday bo’lgan…»hikoyalar to’plami buryat adabiyotida yaratilgan eng yaxshi asarlardan biri. Xalq og’zaki materiallari asosida «Alamja Mergen» (1936), «Sogaaday sesen», «Xaraltuur Xaan» asarlarini yozgan. «Tongda» romani (1950) muallifi. Urushdan so’ng Namsarayevning «Tanlangan asarlar» (1948), «tanlangan she’rlar» (1949) va 5 jildli asarlar to’plami nashr qilingan (1957-59).