Namoz Pirimqul o’g’li

Namoz Pirimqul o’g’li (taxminan 1877, Kattaqo’rg’on, Utarchi qishlog’i — 1907) — Samarqandda milliy zulm va haqsizlikka qarshi ko’tarilgan ommaviy xalq harakati boshlig’i. Barvaqt yetim qolib amakisinikida yashaydi. Keyin Samarqandga kelib, xat-savodini chiqaradi. Rus podshosiga mahalliy ma’murlar kirdikorlaridan shikoyat qilib, bir necha bor xat yozadi. Natija chiqmagach, xalqning norozilik harakatiga boshchilik qildi. Namoz Pirimqul o’g’li podsho amaldorlari, boy-badavlat kishilar mol-mulkini tortib olib kambag’allarga, beva-bechoralarga ulashgan. Shuning uchun u yuqori tabaqalar, mustamlakachilar orasida «Namoz o’g’ri», xalq o’rtasida esa «namoz Botir» deb nom qozongan. Namoz boshchiligidagi guruh 1905 yil 29 oktabrda qo’lga tushib, Samarqand qamoqxonasiga qamaladi. 1906 yil 2 Fevralda namoz qamokdona ostidan 42 quloch uzunlikda lahim qazib, 60 nafar safdoshi bilan qochishga muvaffaq bo’ladi. Namoz 3 yil davomida mahalliy ma’murlarga qarshi harakatga boshchilik qildi. Qo’zg’olonchilar, asosan, Samarqand, Kattaqo’rg’on tumanlarida harakat qilganlar (1904-07). O’z to’dasidan chiqqan xoin tomonidan o’ldirilgan. Namoz Pirimqul o’g’lining ishlari xalq o’rtasida Doston bo’lib ketgan. Xalq baxshisi Nurmon Abduvoy o’g’li «namoz» dostonini yaratgan. Naim Norqulov.