Namudlig’

Namudlig’ — Iloqdagi shahar xarobasi (6-11-asrlar). Namudlig’ Angren shahri yaqinida, Ohangaron daryosining o’ng sohilida joylashgan. 1966-67 yillarda o’rganilgan. Namudlig’ning maydoni 70 gektar, 5 burchakli qal’a va keng shahristondan iborat bo’lib, daryo va uning irmoqlari bilan mudofaalangan. 3-4-asrlarda mudofaa devorlari bilan o’ralmagan turar joylar paydo bo’lgan. Bu davrda tirnab uchburchak naqshlar solingan, qizil oxrasimon bo’yoklar bilan yo’l-yo’l chiziqlar tushirilgan va hayvon shaklidagi tutqichli sopol idishlardan foydalanilgan. 5-6-asrlarda Namudlig’ shaharga aylangan. 9-10-asrlarga kelib kumush va boshqa rangli metallarni qayta ishlovchi hunarmandlik korxonalari rivojlanishi bilan shahar gullab yashnagan. Namudlig’da metall eritish va kulolchilik pechi, kaolin va buyoq modda saqlanadigan joylar topilgan. Namudlig’dagi idishlar qo’lda va kulolchilik charxida yasalgan. Undan shisha, sopol idishlar, har xil tangalar topilgan. Ularga oxra va angob bilan jilo berish rasm bo’lgan shahar 11-asrda inqirozga uchragan.