Namlik

Namlik — havodagi suv bug’lari va fizik jismlar tarkibidagi suv miqdori; ob-havo va iqlimni, jismlarning xossalarini belgilaydigan omillardan beri. Namlik havoning suv bug’lariga, jismlarning suvga qanchalik to’yinganligiga, ularning tabiatiga, zichligiga yoki g’ovakligiga, ichki va tashqi sirtlari o’lchamlariga bog’liq. Odatda, Namlik jismning dastlabki og’irligiga (og’irlik bo’yicha Namlik) yoki hajmiga (hajmiy Namlik) nisbatan foizlarda belgilangan suv miqdori bilan ifodalanadi. Uni materialning quruq qismi massasi birligiga nisbatan olingan suv miqdori bilan ham ifodalash mumkin. Materiali (Masalan, paxta, taxta), mahsulotlar (don va boshqalar) ning Namlik darajasini belgilab qo’yishning xalq xo’jaligida ahamiyati katta. Ko’p jismlar (masalan, don, tsement) ma’lum Namlikdagina mo’ljallangan maqsad uchun yaraydi. Odam, jonivor va o’simliklarning hayoti ham ma’lum darajadagi Namlik va muhitning nisbiy namligiga bog’liq. Namlik miqdori maxsus asbob — namlik o’lchagich bilan o’lchanadi.