Nerv oxirlari
Nerv oxirlari, terminallar — nerv hujayralarining o’siqchalari (aksonlar) oxiridagi tuzilma; o’siqchalarning to’qimalar, muskullar, bezlar, qon tomir devorlari yoki boshqa bir neyronga kelib tutashish — sinaptik kontakt hosil qilish joyi; ta’sirotni qabul qilish va uzatish vazifasini bajaradi. Sezuvchan yoki reseptor Nerv oxirlari — retseptorlar va effektor Nerv oxirlari ajratiladi. Retseptorlar organizmdagi hamma a’zo va to’qimalarda bo’lib, tashqi yoki ichki muhit ta’sirotlarini qabul qiladi. Effektor Nerv oxirlari qo’zg’alishni nerv tolalaridan, shu tolalar boradigan tuqimaga, shuningdek, boshqa nerv hujayralariga o’tkazib beradi. Nerv oxirlari funktsiyasiga, kontakt hosil qilish muhitiga qarab tugmachasimon, halqasimon, plastinkasimon, tugunsimon bo’lishi mumkin.