Nerv tolalari

Nerv tolalari — nerv hujayralarining o’siqchalari. Markaziy nerv sistemasidan a’zo va to’qimalarga hamda a’zo va to’qimalardan ularni innervatsiya qiladigan markazga impuls o’tkazadi. Nerv tolalari nervlar tarkibiga kirib, sezuvchan va harakatlanuvchan nerv oxirlarini hosil qiladi. Nevrologiya hujayralaridan hosil bo’lgan pardalarning tuzilishiga qarab Mielinli va mielinsiz Nerv tolalari bo’ladi. Nerv tolalari pardasi trofik va himoya rolini o’ynaydi, nerv impulelarini alohida-alohida o’tkazish uchun sharoit yaratadi. Nerv qo’zg’alishining N.t. bo’ylab tarqalish tezligi tolalarning yo’g’on-ingichkaligiga, mielinli pardaning rivojlanganlik darajasiga, shuningdek, uning mikrostrukturasi va biokimyoviy xususiyatlariga bog’liq.