Nereidalar

Nereidalar (Nereidae) – ko’p qilli halqali chuvalchanglar sinfining oilasi. 450 ga yaqin turi ma’lum. Uzunligi 90 santimetrgacha. Barcha dengizlarda, ayniqsa, tropik suvlarda keng tarqalgan. Sohil yaqinida loyli joylarda yashaydi. Ayrim turlari Malayziya orollari tropik o’rmonlarining to’shalmasida uchraydi. Polifag. Voyaga yetganlarining ko’zi, paratodiyalari kattalashadi, suzishga yordamlashadigan qillar paydo bo’lib, geteronereid shaklga aylanadi. Ko’payish davrida ichi tuxumlarga to’lgan Nereidalar suv yuzasiga qalqib chiqadi. Bunda hayvonlarning tashqi ko’rinishi keskin o’zgargan bo’ladi. Ana shu paytda mahalliy aholi ularni yig’ib olib, iste’mol qiladi.