Nernst (Nernst) Valter German

Nernst (Nernst) Valter German (1864.25.6, Brizen, Polsha — 1941.18.11, Obersibelle, Germaniya) — nemis fizigi va fizik-kimyogari. Gyottingen (1891) va Berlin (1905) universitetlari professor, Berlin universiteti qoshidagi fizika instituti direktori (1924— 33). Qattiq o’tkazgichlarda temperatura gradienta hamda o’tkazgichda tik magnit maydoni mavjud bo’lganda elektr maydoni hosil bo’lishi hodisasini ochgan (Nernst effekti). Bir-biriga aralashmaydigan yoki qisman aralashadigan ikki modda eritmasi orasida eruvchan uchinchi modda kontsentrasiyalari nisbati o’zgarmas kattalik bo’lishini aniqlagan (Nernst taqsimot qonuni, 1890), termodinamikaning uchinchi bosh qonunini tushuntirib bergan (1906). Joyiga qarab kontsentrasiyasi o’zgaruvchi eritmalarda elektr yurituvchi kuchlar nazariyasi, metallarning elektrolitik eritish nazariyasi, elektrod potentsiallari nazariyasi va boshqalarni rivojlantirgan. Cho’g’lanma lampani ixtiro qilgan (bu lampa uning nomi bilan ataladi). Nobel mukofoti laureati (1920).