Nerv, nervlar

Nerv, nervlar (Yunoncha neuron — tola, ip), asab — murakkab anatomik tuzilma. Bosh miya, orqa miya va nerv tugunlarini gavdaning boshqa a’zo va to’qimalari bilan bog’laydi; asosan, nerv tolalari tutam idan iborat. Bu tolalar biriktiruvchi to’qimalar pardasi bilan qoplangan. Odam va umurtqali hayvonlarda bosh miyadan bogi miya nervlari, orqa miyadan esa orqa miya nervlari chikadi. Bir nechta Nervlar nerv chigalini hosil qilishi mumkin. Markazga intiluvchi yoki sezuvchi va markazdan qochuvchi yoki harakatlanuvchi Nerv tolalar farq qilinadi. Markazga intiluvchi tolalar orqali miyaga impulslar yo’naladi, markazdan krchuvchi tolalar esa skelet muskullariga impulslar o’tkazadi; ichki a’zolarga vegetativ (simpatik va parasimpatik) tolalar keladi. Ma’lum sohalarda sezuvchi Nerv tolalari yuzaga (teri osti va shilliq pardalarga) chiqadi. Nerv tolalarining chiqish joyini aniq bilish igna sanchib davolashaa muhim aqamiyatga ega. Nervlar zararlanganda sezuvchanlik buziladi yoki og’riq paydo bo’ladi, shikastlangan Nerv tolalari boradigan muskullar falajlanadi. To’qimalarda moddalar almashinuvini boshqarib turadigan trofik impulslar Nerv orqali o’tadi. Shu sababdan Nerv shikastlanganda yoki kasallanganda terida yara paydo bo’ladi, bo’g’imlar deformatsiyalanadi.