Nimfalidlar
Nimfalidlar (Mymphalidae) -kunduzgi kapalaklar turkumi. Qanotlari yozilganda 25-80 millimetr, ustki gomoni chiroyli naqshindor. Qurtlarining tanasida pixlari va kutikulyar o’simtalari bo’ladi. 2 mingga yaqin turi ma’lum. Turlari tropik va subtropik mintaqalarda ayniqsa xilma-xil. Kapalaklari yaxshi uchadi; ayrim turlari migrasiya kiladi. Yosh qurtlari o’rgimchak to’riga o’xshash uchlarida g’uj bo’lib yashaydi. O’tlar, ba’zan daraxtlar bargi bilan oziqlanadi; ko’pchiligi biron o’simlik turiga ixtisoslashgan oligofaglar. G’umbagi tanasida yaltiroqdog’lar bor; boshini pastga osiltirib biron narsaga yopishib oladi. Yosh kapalaklik yoki qurtlik davrida qishlaydi. Nimfalidlar orasida sadafdorlar, tasmalilar, shashkalilar, qichitqon o’t kapalaklari, turli rangli kapalaklar, Motamsaro kapalaklar, admiral, gelikonidlar va boshqalar ko’pchilikka tanish.