Nimkorlik

Nimkorlik (forscha – tojikcha — yarim va ish) — xususiy egalikda bulgan erni ijaraga olib foydalanish shakli. Nimkorlikda kam yerli yoki ot-ulovi yetishmaydigan dehqon olgan hosilining yarmini berish sharti bilan yerga ekin ekkan. Nimkorlikda yer egasi dehqonga ot-ulov, urug’lik bergan, ayrim hollarda uning oilasiga ish vaqtida yashash uchun turar joy ham ajratgan. Xo’jalik yili tugagach, hosilning yarmini dehqon, qolgan yarmini esa yer egasi o’zaro teng bo’lib olgan. Nimkorlik O’rta Osiyoda 20-asrning 20-yillariga qadar mavjud bo’lgan. 1921-29 yillardagi O’rta Osiyo va Qozog’istonda o’tkazilgan yer-suv islohotlari natijasida Nimkorlik barham topdi.