Nilot tillari

Nilot tillari — Afrika sharqidagi Sharqiy Sudan tillari; Nil-Sahroi Kabir tillari makrooilasining sharinil tillari oilasiga mansub. Sudan, Uganda, Keniya, Tanzaniyada, shuningdek, Kongo va Efiopiyaning ayrim hududlarida tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 20 million kishidan ortadi. Nilot tillarining o’zaro qarindoshligi ularning fonetik tuzilishi va asosiy lug’at tarkibi (50 foizgacha), kishilik, so’roq va ko’rsatish olmoshlari; otlarning ko’plik shakli kabi til hodisalarini o’rganish jarayonida aniklangan. Mavjud tasniflarga ko’ra, Nilot tillari g’arbiy, Sharqiy va Janubiy zonalarga bo’linadi; g’arbiy Nilot tillari -3 guruhchaga bo’linadi va 20 dan ortiq tilni qamrab oladi; Sharqiy Nilot tillari -2 guruhchaga bo’linadi va 12-14 ta tilni o’z ichiga oladi; Janubiy Nilot tillari -3 guruhchaga bo’linadi va 10 dan ortiq tilni qamrab oladi. Sharqiy va Janubiy zonalarga mansub Nilot tillari tipologik jihatdan va o’zaro qarindoshlik munosabatlariga ko’ra bir-biriga yaqin turadi, g’arbiy Nilot tillari esa bir nechta fonetik va Grammatik xususiyatlari bilan ulardan farq qiladi. 1920-50 yillarda Nilot tillari uchun lotin grafikasi asosida alifbolar yaratish yo’lida dastlabki urinishlar bo’lgan, biroq bu jarayon nihoyasiga yetmagan.